Xizmatlar
Men haqimda
Men FullStack dasturchi va kiberxavfsizlik mutaxassisiman. Front-end va back-end loyihalar yarataman, web tizimlarni xavfsizlik nuqtai nazaridan tahlil qilaman hamda Telegram botlar ishlab chiqaman. Shuningdek, Office dasturlari bilan ishlash va avtomatlashtirilgan hujjatlar tayyorlash bo‘yicha ham xizmat ko‘rsataman. Maqsadim — ishonchli, xavfsiz va innovatsion yechimlar yaratish.
Mendagi mavjud xizmatlar haqida
Men FullStack dasturchi va kiberxavfsizlik mutaxassisiman. Front-end va back-end texnologiyalarida zamonaviy, funksional hamda xavfsiz web-loyihalar ishlab chiqaman. Har bir kod satrida samaradorlik, dizayn uyg‘unligi va xavfsizlikni birlashtirishga intilaman.
- Full Stack Dasturchi
- Kiberxavfsizlik mutaxassisi
- Frillanser
- Front End Dasturchi
- Back End Dasturchi
Shuningdek, pentest (penetration testing) yo‘nalishida tajribaga egaman — web ilovalar va tizimlardagi zaifliklarni aniqlash, tahlil qilish hamda ularni bartaraf etish bilan shug‘ullanaman.
Telegram botlari va avtomatlashtirilgan tizimlar yaratish bo‘yicha ham professional xizmatlar ko‘rsataman — foydalanuvchi uchun qulay, tezkor va xavfsiz yechimlar yaratish mening ustuvor yo‘nalishimdir.
Bundan tashqari, Microsoft Office dasturlarida (Word, Excel, PowerPoint) turli avtomatlashtirilgan hujjatlar, tahliliy jadvallar va taqdimotlar tayyorlash xizmatlarini ham taklif qilaman.